O‘zbekiston | 13:36 / 21.06.2024
14526
2 daqiqa o‘qiladi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror lavozimida qoldi

Senat Nig‘matilla Yo‘ldoshevni 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tasdiqladi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzod haqidagi masala ko‘rib chiqildi. Senatorlar Nig‘matilla Yo‘ldoshevni Bosh prokuror lavozimiga tasdiqladi.

Nig‘matulla Yo‘ldoshev bu lavozimda 2019 yil iyunidan buyon ishlab kelmoqda. U ikkinchi muddatga Bosh prokuror lavozimini egalladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, Bosh prokurorning vakolat muddati 5 yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.

Nig‘matulla Yo‘ldoshev 1962 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda universitet) tamomlagan.

U 1987 yildan 2011 yilgacha prokuratura tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2011 yilda O‘zbekiston Adliya vaziri lavozimiga tayinlangan va bu lavozimda 2015 yil yanvariga qadar ishlagan.

Nig‘matulla Yo‘ldoshev 2015 yil yanvarida prezident qarori bilan senator etib tayinlangan, 2015 yilning 22 yanvarida yashirin ovoz berish yo‘li bilan Senat raisi lavozimini egallagandi.

Mavzuga oid