Jahon | 14:14 / 23.06.2024
12394
6 daqiqa o‘qiladi

Dollar mustahkamlandi, neft qimmatlashdi, oltin arzonlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Valuta bozorida dollar mustahkamlandi. Buning oqibatida yevro, yuan, lira va so‘m o‘z qadrini yo‘qotdi. Qimmatbaho metallar ham korreksiya haftasini boshdan kechirdi. Oltin va kumush mos ravishda 39 dollar va 0,38 dollarga, alyuminiy va mis 55 dollar va 0,04 dollarga arzonlashdi.

Foto: REUTERS / Dado Ruvic

Joriy hafta ham bozorlar uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi. May oyiga oid asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar e’lon qilib bo‘lingach, moliya bozori makro omillar ta’siridan xoli bo‘lib, aksiya bozorida ralli davom etishini qo‘llab-quvvatladi. Biroq turli mintaqalarda sodir bo‘layotgan voqealar bozorlarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Masalan, Buyuk Britaniya statistika byurosi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda inflatsiya darajasi target ko‘rsatkich – 2 foizgacha pasaygan. Shunday bo‘lsa-da, Britaniya Markaziy banki foiz stavkasini o‘zgarishsiz saqlab qolishga qaror qildi. Osiyoda esa, yangi to‘qnashuv va keskinliklar geosiyosiy risklarni ko‘paytirib, neftning yana qimmatlashishini keltirib chiqarmoqda.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 17 iyundan 21 iyungacha bo‘lgan davrda Xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.      

AQSh top fond bozorlari indeksi:

·       S&P500 – 5464 (hafta boshidan +0,61 foiz, yil boshidan +14,57 foiz);

·       NASDAQ – 19700 (hafta boshidan +0,21 foiz, yil boshidan +17,08 foiz);

·       DJI – 39150 (hafta boshidan +1,45 foiz, yil boshidan +3,88

foiz).

Hisobot haftasida Dow Jones indeksi 561 punktga, NASDAQ 41 punktga va S&P500 33 punktga oshdi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

·       Oltin – 2321 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -0,46 foiz, yil boshidan +12,56 foiz;

·       Kumush – 29,5 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -0,04 foiz, yil boshidan +24,4 foiz;

·       Alyuminiy – 2486 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan -1 foiz, yil boshidan +4,43 foiz:

·       Mis – 4,41 dollar (1 funti) hafta boshidan -1,52 foiz, yil boshidan +13,38 foiz.

Qimmatbaho metallar ham tebranuvchan va korreksiya haftasini boshdan kechirdi. Oltin va kumush mos ravishda 39 dollar va 0,38 dollarga, alyuminiy va mis 55 dollar va 0,04 dollarga arzonlashdi.

Neft

·       WTI – 80,52 dollar (hafta boshidan +2,66 foiz, yil boshidan +12,95 foiz);

·       BRENT – 85,01 dollar (hafta boshidan +2,97 foiz, yil boshidan +10,35 foiz).

Hafta davomida neftning WTI markasi 2,09 dollarga, BRENT esa 2,45 dollarga oshdi.   

Valutalar

·       USD/EUR:  -0,11 foiz (yil boshidan -3, 14 foiz);

·       CNY/USD:   +0,08 foiz (yil boshidan +2,31 foiz);

·       TRY/USD:  +0,24 foiz (yil boshidan +11,39 foiz);

·       UZS/USD:   +0,16 foiz (yil boshidan +2,6 foiz);

·       RUB/USD:  -0,58 foiz (yil boshidan -0,31 foiz).

Valutalar bozorida dollar mustahkamlandi. Buning oqibatida yevro va lira 0,11 va 0,08 foizga, so‘m va yuan 0,16 va 0,24 foizga o‘z qadrini yo‘qotdi. Faqatgina rubl 0,58 foizga mustahkamlandi.

Kriptovaluta

·       Bitcoin – 66108 dollar (hafta boshidan -3,68 foiz, yil boshidan +51, 29foiz);

·       Ethereum – 3479 dollar (hafta boshidan -0,22 foiz, yil boshidan +54,11 foiz). 

Bitcoin 5 kunlik savdolarda 3,68 foizga, Ethereum esa 0,22 foizga arzonlashdi. 

Bozorlar haqida qisqacha

O‘zgaruvchan global sharoitlar va murakkab siyosiy jarayonlar moliya bozorlarida tebranuvchanlik saqlanib qolinishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Avvalgi hafta Yevropa va Kanada Markaziy ianklari o‘z hududlarida foiz stavkasini tushirganidan keyin bozor ishtirokchilarining nigohi Federal zaxira tizimi (FZT)ga qaratildi. Sababi 7 marotaba foiz stavkasining eng yuqori nuqtada o‘zgartirishsiz saqlab qolinishi mamlakat iqtisodiga sezilarli tasir o‘tkazganini kuzatish mumkin. Yalpi ichki mahsulotga (YaIM) doir ma’lumotlar pasayish sur’atini taqdim etib, prognozdan yomon chiqdi. Bundan tashqari, inflatsiya avvalgi oyga qaraganda pasayishi kuzatilayotgan bir paytda ishsizlar soni keskin o‘sishi foiz stavkasining salbiy ta’siri iqtisodiyotda kengayib borayotganiga ishora beradi. Biroq bozor ishtirokchilarining optimistik qarashlari va FZT raisining vaziyatga boshqa nuqtadan qarashi moliya bozorlarida tebranishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lyapti. Shundan kelib chiqqan holda, investor va treyderlarga ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yish tavsiya etiladi.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 17 iyundan 21 iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.  

Mavzuga oid