O‘zbekiston | 07:54 / 25.06.2024
4666
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mis sanoatida yangi quvvatlar tashkil etish hisobiga 10 mingdan ziyod ish o‘rni yaratmoqchi

O‘zbekistonning 2030 yilgacha mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyasi e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining “Xomashyodan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi doirasida quyidagi hujjatlar tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan:

  • O‘zbekistonning 2030 yilgacha mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyasi;
  • 2024-2030 yillarda mis xomashyosidan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning to‘liq siklli texnologik zanjirini yaratish bo‘yicha “Yo‘l xarita”;
  • 2024-2030 yillarda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish doirasida mis xomashyosini qayta ishlash maqsadli ko‘rsatkichlari va manzilli dasturi;
  • mis sanoati klasteri hududida investorlarni joylashtirish tartibi.

Qaror loyihasi qabul qilinishi hamda unga asosan konsepsiyani amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishish kutilmoqda:

  • 2030 yilda yillik mis ishlab chiqarish hajmi 400 ming tonnaga yetkaziladi va uning 300 ming tonnadan ortig‘ini sanoatda qayta ishlanadi;
  • elektrotexnika va maishiy texnika ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga 1,5 mlrd dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilish hisobiga, umumiy ishlab chiqarish hajmi 8 mlrd dollarga yetkaziladi;
  • klaster doirasida misdan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga mahalliy va xorijiy investitsiyalarini jalb qilinadi;
  • mis sanoati klasteri doirasida misni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish orqali mis xomashyosini qayta ishlash ko‘rsatkichi 80 foizga yetkaziladi;
  • kon-metallurgiya sanoatida zarur bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi asbob-uskuna va butlovchi (ehtiyot) qismlarni mahalliylashtirish yo‘lga qo‘yiladi;
  • yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlar va xizmatlar eksport hajmi oshiriladi;
  • kon-metallurgiya sanoatida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratiladi;
  • klaster doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilishi hisobiga 10 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Mavzuga oid