O‘zbekiston | 15:32 / 26.06.2024
4504
2 daqiqa o‘qiladi

Tehronda O‘zbekiston va Saudiya, Qatar, Hindiston, BAA o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Tehronda Saudiya Arabistoni, Qatar, Hindiston va BAA delegatsiyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashining 19-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Valid bin Abdulkarim al-Xorijiy, Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy, Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shri Dammu Ravi va BAA tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Ahmad bin Ali Al Sayeg bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotlarda O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, iqtisodiy diplomatiyani shakllantirish va mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha bir qator aniq takliflarni ko‘rib chiqdilar.

Mavzuga oid