O‘zbekiston | 07:30 / 29.06.2024
3108
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda biznes hamkorlikni taklif qilib, o‘zganing 50 ming dollarini o‘zlashtirgan ayol ushlandi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchi bilan Telegram’dagi guruhlarning birida tanishib, biznes hamkorlikni taklif qilgan. Aldov yo‘li bilan 50 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Toshkent shahrida yashovchi ayol E.N. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 50 ming dollari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan

Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ayol T.M. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, T.M. jabrlanuvchi E.N. bilan Telegram’dagi guruhlarning birida tanishib, unga biznes hamkorlikni taklif qilgan. Aldov yo‘li bilan 50 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.I.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid