Jamiyat | 10:56 / 30.06.2024
8039
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH oqibatida bir nafar haydovchi shifoxonaga murojaat qilgan. To‘rtta mashina texnik shikastlangan.

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyati Marhamat tumanida to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 29 iyun kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 20:50 larda, Marhamat tumani “Gar-Gar” MFY hududidan o‘tgan 4R-138 avtomobil yo‘lida 24 yoshli haydovchi ikkinchi darajalai yo‘ldan asosiy yo‘lga keskin chiqqan va asosiy yo‘ldan kelayotgan Matiz bilan to‘qnashgan.

Shunda Matiz haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib ro‘paradan kelayotgan Nexia va Tracker mashinalari bilan to‘qnashgan.

Ushbu YTH oqibatida, Matiz haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Shuningdek to‘rt transport vositasi ham texnik shikastlangan.

“Barcha haydovchilarimizdan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy ravishda doimo amal qilib yurishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid