Iqtisodiyot | 11:28 / 01.07.2024
13567
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi marta 9 mln tonna g‘alla yetishtirildi

Joriy mavsumda 4,5 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari gektariga 100 sentnerdan yuqori hosil olgan.

Foto: O‘zA

O‘zbekiston tarixida g‘alla xirmoni ilk bor 9 million tonnadan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xabar berdi.

Bu yilgi mavsumda suvli maydonlarga ekilgan g‘allazorlardan 2 mln 550 ming tonnadan ortiq yoki har gektar hisobiga 2,5 tonna bug‘doy jamg‘arilib, davlat xaridi to‘liq amalga oshirilgan va birjalarda sotish uchun omborlarda zaxira qilingan.

Joriy yil hosili uchun biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi serhosil va ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli kuzgi bug‘doy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekiston g‘allakorlari 8,1 mln tonnadan ziyod don yetishtirgandi. Suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerni tashkil etgan.

Mavzuga oid