Sevastopolga zarbalardan so‘ng Qrimga turistlik turlar 30 foizga qisqargan
Rossiyaliklar Sevastopolga to‘r kishini hayotdan olib ketgan raketa zarbasi berilganidan so‘ng Qrimga turlar sotib olishdan voz kechishda davom etishmoqda, deyiladi Rossiya turindustriya ittifoqida. Talab 25–30 foizga pasaygan.
Umumiy hajmda pasayish kuzatilayotgani bilan, yarimorolda dam olish istagida bo‘lganlar soni o‘tgan yilgidan ko‘proq, garchi hafta ichida bronlar o‘sishi 52 fozidan 34 foizgacha pasaygan.
«Gar yil boshida bizda Qrimga talab uch barobar oshgan bo‘lsa, hozir o‘sish 1,7–1,8 barobar. Fikrimcha Sevastopol va yarimorolning g‘arbiy qismidan turislarning sezilardi kamayishi kuzatiladi», — degan «Inturist» kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Darya Domostroyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Inturist»ga bronlarni Sevastopoldan Yalta, Alushta, Gaspra va Sudakka almashtirib to‘g‘risida so‘rovnomalar kelib tushmoqda. Chunki odamlar bu joylarni xavfsizroq deb hisoblashmoqda.
Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasining prognoz qilishicha, shu hafta oxirigacha yaqin kunlari uchun Qrimga safarlarning 3 foizi bekor qilinadi. Bir necha kun avval assotsiatsiya yarimorolda 300 ming rossiyalik dam olayotganini xabar qilgan edi.
Ukraina quroli kuchlari 23 iyun kuni Sevastopolga Amerikada ishlab chiqarilgan ATACMS raketalari bilan xarba bergan edi. Hujumni bartaraf etish asnosida to‘rt inson, jumladan ikki yosh bosha halok bo‘lgan, 153 kishi yaralangan edi. Otishma chog‘ida odamlar Uchuyevka va Lyubimovka qishloqlaridagi plyajlarda dam olayotgan edi.
Mavzuga oid
15:36
Qora dengiz sohillarini mazut qopladi - tankerlar halokati oqibatlari fotosuratlarda
10:20 / 11.11.2024
Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi
23:37 / 17.10.2024
Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
22:45 / 09.10.2024