Xitoy kompaniyasi Kosonsoyda dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Bu loyihani amalga oshirishni rejalashtirayotgan Hua Hai Pharmaceutical korporatsiyasi asosan qon-bosim, yurak-tomir hamda qandli diabet kabi kasalliklarga qarshi dori vositalari ishlab chiqaradi.
Xitoy kompaniyasi Kosonsoyda dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Xitoyning Taychjou shahridagi Hua Hai Pharmaceutical korporatsiyasi faoliyati bilan tanishgan.
Ushbu korporatsiya 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 8 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi. Qon-bosim, yurak-tomir hamda qandli diabet kabi kasalliklarga qarshi dori vositalari ishlab chiqaradi. Korporatsiya o‘z mahsulotlarini 2012 yilda AQSh bozoriga eksport qilgan birinchi Xitoy kompaniyasi hisoblanadi.
Kompaniya rahbari bilan muzokara olib borgan Shavkatjon Abdurazzoqov Kosonsoy tumanidagi farmatsevtikaga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasida dori vositalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish yuzasidan taklif berdi. Buning uchun viloyatda barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilishini takidlab o‘tgan.
Qayd etilishicha, Xitoylik ishbilarmonlar mazkur taklifga katta qiziqish bildirgan hamda bu yuzasidan alohida loyiha ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olingan.
Mavzuga oid
22:10
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024
Xitoyda dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi
10:31 / 22.12.2024