Kia avtomobillariga xizmat ko‘rsatuvchi dilerlar Konferensiyasi o‘tkazildi
2024 yilning 27 iyun kuni Toshkent shahrida Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan Kia avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatilish bo‘yicha dilerlar Konferensiyasi o‘tkazildi. Hilton Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda butun mamlakat bo‘ylab 80 dan ortiq Kia'ning dilerlik markazlari vakillari ishtirok etdilar.
Zamonaviy avtomobilsozlik biznesida sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatilishning asosiy roli muhokamasi Konferensiyaning asosiy mavzusi bo‘ldi. Kia kompaniyasining O‘zbekistondagi sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatilish bo‘yicha direktori Yuriy Goryachev, sifatli servis xizmatini ko‘rsatish mijozlarning sodiqligi va brendning raqobatbardoshligining eng muhim omili ekanligini ta’kidladi.
Konferensiyada Kia avtomobillari uchun kafolatli xizmat ko‘rsatilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rossiya va Koreyadan kelgan mutaxassislar ishtirokchilarga amaldagi standartlar, kafolat ishlarini amalga oshirish tartibi va ishlab chiqaruvchi bilan o‘zaro munosabat yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar. Ushbu bilim va ko‘nikmalar dilerlarga mijozlarga yanada samaraliroq maslahatlar berishlariga va ularning huquqlarini ishonchli himoya qilishlariga imkon beradi.
Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini to‘g‘ri boshqarish hisobiga biznesning daromadliligini oshirish alohida mavzuga aylandi. Ishtirokchilar narxlar, ehtiyot qismlar logistikasi, xodimlarni rag‘batlantirish va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha eng yaxshi yondashuvlarni o‘zaro muhokama qildilar. Konferensiyada olingan tavsiyalar O‘zbekistondagi Kia'ning dilerlariga o‘z servis markazlarini yangi darajaga ko‘tarishga yordam yaratadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar muhokama qilingan masalalarning yuqori amaliy ahamiyatini ta’kidladilar va o‘z kompaniyalarida sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishning ilg‘or usullarini joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bunday konferensiyalarni tashkil etilishi ishlab chiqaruvchi va dilerlar o‘rtasida muhim bog‘lovchi rishta bo‘lib, O‘zbekistondagi Kia'ning butun avtomobil ekotizimining rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Kia’ning O‘zbekekistondagi tezkor axborot liniyasi: +998 55 500 83 33
YouTube | Instagram | Facebook | Telegram
Mavzuga oid
17:00 / 12.12.2024
Kelajakka intilgan klassika: Kia K9 – nufuzli sedanlar segmentidagi flagman
19:00 / 22.11.2024
Oilaviy sayohatlar uchun Kia Sorento tanlanishining asosiy sabablari
17:00 / 18.10.2024
Kia'dan «Baxtli soatlar» aksiyasi: avtomobillar 20 foizgacha foyda bilan
17:00 / 30.09.2024