Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida 310 metrli noqonuniy tunnel aniqlandi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Hindistondan Qozog‘iston orqali mamlakatga katta miqdorda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy o‘tkazish bilan shug‘ullangan transchegaraviy jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan. Ulardan qariyb 1,1 mlrd so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida noqonuniy yerosti yo‘li aniqlandi.
DXX xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari va «Toshkent-Aero» IBK harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Hindistondan Qozog‘iston orqali mamlakatimizga katta miqdordagi, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kelish bilan shug‘ullangan transchegaraviy jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan.
Xususan, jinoiy guruh tomonidan navbatdagi dori vositalari «Dehli-Toshkent-Olmaota» aviayo‘nalishi orqali tranzit tarzda «Olmaota» xalqaro aeroportiga olib kelinib, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariyog‘och tumani «Do‘stlik» aholi yashash punktiga yetkazilgan va yashirin yerosti yo‘li orqali Toshkent viloyatining Toshkent tumani «O‘rikzor» MFY hududiga o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolaridan jami 1 mlrd 94 mln 342 ming so‘mlik, Hindistonda ishlab chiqarilgan Albumin, Remdesivir, Meropenem kabi jami 107 nomdagi 17048 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning Toshkent tumani «O‘rikzor» MFYdagi uyini Qozog‘istonning Sariyog‘och tumani «Do‘stlik» aholi yashash punkti bilan bog‘lovchi yerosti yo‘lining uzunligi 310 metrni tashkil etadi. Yerosti yo‘li havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuklarni tashishga mo‘ljallangan aravalar va arqonlar bilan jihozlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
17:57
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024
Rossiya Qozog‘istondagi uran qo‘shma korxonalaridagi ulushini Xitoyga sotadi
16:30 / 13.12.2024