Jamiyat | 13:32 / 04.07.2024
17932
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistondagi YTHda uch o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Xo‘janddan Dushanbe shahri tomon harakatlanayotgan Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda mashina haydovchisi va ikki yo‘lovchi vafot etgan.

Foto: Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi

Tojikistonda insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Unda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 2 iyul kuni soat mahalliy vaqt bilan 13:00da “Dushanbe-Varzob-Xo‘jand” avtomobil yo‘lining 50-kilometrida sodir bo‘lgan. Xo‘janddan Dushanbe shahri tomonga harakatlanayotgan 40 N 174 GB davlat raqamli Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi (ikki erkak va bir ayol) voqea joyida halok bo‘lgan.

Mashina haydovchisi Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan M.B. ekanligi aniqlangan. Qolgan qurbonlarning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Qayd etilishicha, YTH yuzasidan shu kunning o‘zida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ma’lumot yuborilgan.

Mavzuga oid