Raqobat qo‘mitasi «Maxam-Chirchiq» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Bunga mineral o‘g‘it narxlarining o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha asossiz oshirilishi sabab bo‘lgan.
«Maxam-Chirchiq» AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ xujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarining asossiz oshishiga olib kelgan harakatlar alomatlari aniqlangan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Natijada, mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan «Maxam-Chirchiq» AJga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, ushbu omil qishloq xo‘jaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita ta’sir qilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi tomonidan narxlarni sun’iy oshirganliogi sababli «Navoiyazot» AJ va «Lukoyl»ga nisbatan ham ish qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid
11:07 / 18.12.2024
Bir qator nodavlat ta’lim muassasalarida qonunbuzarliklar aniqlandi
17:42 / 16.12.2024
7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi
12:22 / 13.12.2024
Raqobat qo‘mitasi Yandex Go’ni ogohlantirdi
16:39 / 27.11.2024