O‘zbekiston | 14:53 / 09.07.2024
25264
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi 1-sonli shahar klinik shifoxona binosi darz ketdi. Odamlar evakuatsiya qilingan

Shifoxonadagi asosiy 5 qavatli binoning ustunlaridan biri egilishda davom etmoqda.

Foto: Kun.uz

8 iyul kuni soat 11 lar atrofida Toshkent shahri Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida joylashgan Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasida favqulodda holat ro‘y berdi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, 5 qavatli bino o‘rtasidagi asosiy ustun singan. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar berilgan va voqea joyiga qutqaruv ekipaji yetib borgan.

Texnogen hodisa sabab binodagi barcha bemorlar, shifokorlar va xodimlar evakuatsiya qilingan.

«Hozir ham bino devori palaxsa-palaxsa bo‘lib ko‘chib tushib, yoriq kengaymoqda. Bino o‘rtasidagi katta ustun ko‘chyapti. 5 qavatli korpusning o‘rtasidagi bo‘ylamasiga tushgan ustunlardan biri sinib, ko‘chib, egilib turibdi va egilishda davom etmoqda», deydi manba.

Ayni paytda shahar kasalxonasidagi bu bino o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Mavzuga oid