Sport | 14:20 / 09.07.2024
9828
4 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2024. Yarimfinalchilarning kuchli tomonlari haqida

Foto: Getty images

Yevro-2024da 4 ta jamoa qoldi. Championat jamoalarning o‘ziga xosligini aniqlash uchun statistikaga e’tibor qaratdi.

Ispaniya: hujum ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yaxshisi

• Ispaniyaliklar ushbu turnirda eng ko‘p zarba (100 ta) va eng ko‘p aniq zarba berishdi (35). O‘rtacha 90 daqiqada statistikaga qarasangiz ham, Ispaniya turnirning eng yaxshi jamoasi bo‘lib qolmoqda.

• xG statistikasiga ko‘ra, eng ko‘p golli vaziyatlarni ispanlar yaratgan (10,2 ta kutilgan gollar). Germaniya (9,7) va Portugaliya (9,5) ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli uchlikdan joy olgan. Qolganlarda kutilgan gollar sakkiztadan kam. 

• Turnirda qolgan futbolchilar orasida faqat ikkitasi uchta ogohlantirish oldi. Va ikkalasi ham ispanlar (Dani Karvaxal va Rodri).

• Ispanlar eng ko‘p qoida buzgan (74). Sariq kartochkalar borasida ham peshqadamlik qilmoqda (13).

Fransiya: aniq uzatmalarda eng yaxshisi

• Fransiya milliy jamoasi o‘yindan birorta ham to‘p o‘tkazib yubormadi va xuddi shunday o‘zi raqib darvozasini ishg‘ol etmadi ham. 

• Lekin fransuzlarda vaziyatlar yetarli — ular xavfli uzatmalar bo‘yicha peshqadamlik qilishmoqda (5 ta o‘yinda 294 ta). Ikkinchi o‘rinda ispanlar joylashgan (275).

• Yevro-2024 da hech kim Kilian Mbappedan (16) ko‘ra muvaffaqiyatli dribling amalga oshirmagan. Belgiyalik Jyeremi Doku ham xuddi shunday ko‘rsatkichga ega.

• Yevro-2024da aniq paslarning eng yaxshi foizini fransuzlar (88,5%) qayd etib turishibdi. 

• Turnirda qolgan o‘yinchilar orasida Oreliyen Chuameni raqib maydonida oldinga uzatmalar bo‘yicha peshqadam (68). U bu borada faqat turnirni tark etgan Toni Kroosdan (74) ortda.

Angliya: eng ko‘p qoidabuzarlik va to‘p uzatish

• Turnirda qolgan jamoalar ichida to‘p uzatishlar soni (3563) va aniq uzatmalar (3114) bo‘yicha inglizlar yetakchilik qilishmoqda. Bu borada Angliya faqat turnir bilan xayrlashgan Portugaliyadan ortda (3885 uzatma va 3402 tasi aniq). Uzun paslarga kelsak, Sautgeyt jamoasi turnirning mutlaq yetakchisi hisoblanadi.

• Yevro-2024da inglizlarga nisbatan eng ko‘p qoida buzilgan (73). Ikkinchi o‘rinni Fransiya va Germaniya (har biri 62 tadan) bo‘lishib turibdi. 

• Inglizlar yarimfinalchilar ichida raqib jarima maydonchasiga eng ko‘p krossni amalga oshirgan (99). Faqatgina turnirdan chiqib ketgan Portugaliya (154) va Germaniya (121) ularni ortda qoldirmoqda. 

• Turnirda qolgan futbolchilardan eng ko‘p (11 bor) Jud Bellinghemga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan. Faqat germaniyalik Jamol Musialaga (13) ko‘proq qoida buzilgan.

Niderlandiya: Gakpo — ham ofsayd, ham realizatsiya bo‘yicha yetakchi

• Yevro-2024da hech kim Niderlandiyadan ko‘p ofsaydga tushmagan — 13 marta. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha jamoa yetakchisi Kodi Gakpodir (6). Undan ko‘p faqat portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (8) ofsaydda qolgan. 

• Niderlandiya — yakkakurashlarda eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa (63,1). Ular ispanlardan kichik farq bilan oldinda (63,06).

• Turnirda eng ko‘p qoidabuzarlik qilgan futbolchi Virjil van Deykdir. U 12 marta qo‘pollik ishlatgan, lekin bitta sariq kartochka olgan. Yevro-2024 da hech kim bu himoyachidan (18) ko‘proq yakkakurashlarni yutmagan. 

• Gakpo turnirda realizatsiya bo‘yicha eng yaxshi natijaga ega. U xG statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 0,9 kutilgan golga ega, ammo 3 bor (+2,1) to‘p kiritgan.

Mavzuga oid