O‘rta Chirchiqda gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi pora bilan qo‘lga olindi
Bosh muhandis tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berish evaziga 8 500 AQSh dollari olganda tezkor tadbirda ushlangan.
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi tezkor tadbirda qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “O‘rta Chirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi S.S. tezkor tadbirda 8 500 AQSh dollari pora bilan ushlangan. U ushbu pullarni tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berish hamda elektron hisoblagich o‘rnatish evaziga pora tariqasida olayotgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman gaz ta’minoti korxonasi bosh muhandisi S.S. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq pul evaziga qarzdorliklarni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan Andijonda elektr tarmoqlari korxonasi elektromontyori, Toshkentda suv ta’minoti tashkilotining inspektori va Samarqandda “Hududgaz” xodimi tezkor tadbirlarda ushlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024