O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro hamkorlikda yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi
40 kilometrga qisqargan yangi yo‘nalishning joriy etilishi aviakompaniyalarga yiliga 30 tonnadan 50 tonnagacha aviayoqilg‘ini tejash imkonini beradi. Kislorod sarfi 50-70 tonnaga, atmosferaga zararli dioksid chiqindilari esa yiliga 220-250 tonnaga kamayadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro hamkorlikda yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 11 iyuldan T–916 zonali navigatsiya marshrutining yangi bo‘limlari rasmiy e’lon qilingan va samolyotlar parvozi uchun foydalanishga topshirilgan. Shu kuni Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yangi yo‘nalishning birinchi foydalanuvchisi bo‘lgan.
Ushbu 40 kilometrga qisqargan yangi yo‘nalishning joriy etilishi aviakompaniyalarga har kungi reyslar davomida yiliga 30 tonnadan 50 tonnagacha aviayoqilg‘ini tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, kislorod sarfi 50-70 tonnaga, atmosferaga zararli dioksid chiqindilari esa yiliga 220-250 tonnaga kamayadi.
“Aviakompaniyalarning eng samarali va qisqa yo‘nalishlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida “O‘zayeronavigatsiya” Markazi DUK va “Qozayeronavigatsiya” Markazi DUK mutaxassislarining qo‘shni havo hududlari konstruksiyalari elementlarini optimallashtirish, shuningdek, havo harakatiga xizmat ko‘rsatish dispetcherlarining ish hajmini kamaytirish masalalari bo‘yicha o‘zaro faol hamkorligida havo yo‘nalishlarining yangi uchastkalarini joriy etish boshlandi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, prognozlarga ko‘ra, kuniga 30 dan ortiq aviakompaniya yangi optimallashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024