«U saylovni yutib bo‘ldi» – Trampga suiqasd haqida nimalar deyishmoqda?
Donald Trampga o‘q otilishi dunyo siyosati uchun katta voqea bo‘ldi. Shunchalik kattaki, Amerika partiyaviy olamidagi muvozanat ham buzilib ketdi.
Mamlakatdagi nufuzli milliarderlardan biri Bill Akman Kapitoliy voqealaridan keyin Donald Tramp amerikaliklardan kechirim so‘rashi kerakligini aytgandi. Suiqasddan keyin u ham respublikachilar nomzodini to‘liq qo‘llashini aytib chiqdi.
«Tramp saylovni yutib bo‘ldi»
Respublikachilar yetakchisi otilganidan keyin uning noyabrda o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonish imkoniyati oshib ketdi. Viskonsin shtatidan saylangan deputat Derrik van Order Tramp «hozirgina saylovni yutib bo‘lgani»ni aytdi. «Prezident Tramp bu suiqasdni yengib o‘tdi. U hozirgina prezidentlik saylovini yutib bo‘ldi», dedi u.
Aksar respublikachilar suiqasd saylov natijasini hal qildi deb aytishga shoshmayotgan bo‘lsa-da, ularning deyarli hammasi bu otishma Trampning saylovdagi imkoniyatlarini oshirganiga shubha qilmagan. «Imkoniyatlarni hech narsa bu qadar oshirib yubormagan bo‘lardi. U qonga belangan holatida ham mushtini baland ko‘tardi va «kurashing», «kurashing», «kurashing» deb aytdi. Bu saylovoldi kampaniyasi shiori bo‘ladi», dedi tennesilik respublikachi Tim Berchett.
Politico nashri e’tibor qaratishicha, Trampni tanqid qilish bo‘yicha birlashgan demokratlar oxirgi ikki haftada bunday chiqishlarni kuchaytirishgandi. Otishma fonida esa ular jim turishga majbur bo‘lishdi. Respublikachilarda esa jipslashuv kuchaydi.
Respublikachilar orasida suiqasdda prezident Jo Baydenni ayblaganlar ham topildi. Masalan, Jorjiya shtatidan Vakillar palatasiga saylangan Mayk Kollinzning aytishicha, Trampni otishga aynan Bayden buyruq bergan. Yuta shtatidan saylangan senator Mayk Li esa Trampning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bilan birga bayonot berar ekan, «mamlkatdagi siyosiy haroratni tushirish uchun» Baydenni prokurorlarga Tramp ustidan ochilgan barcha ishlarni yopishga buyruq berishga chaqirdi.
43 yil ichida otilgan ilk prezident
AQShda siyosatchilarga suiqasd qilinishi odatiy hol deb bo‘lmaydi, ammo bu umuman kuzatilmagan voqea ham emas. Axir butun boshli prezident Jon Kennedi hammaning ko‘z oldida otib o‘ldirilgandi.
Oxirgi marta aynan amaldagi prezident yoki prezidentlikka nomzodlar suiqasdga uchrashi bilan bog‘liq holat 1981 yil kuzatilgandi. O‘shanda AQSh prezidenti Ronald Reyganni prezidentlik muddatiga kirishganidan ikki oy otib o‘ldirmoqchi bo‘lishadi. Reygan va uning uch qo‘riqchisini Jon Hinkli ismli odam yarador qiladi. U bu orqali o‘zi yoqtirgan aktrisa Jodi Fosterning e’tiborini tortishni maqsad qilganini aytgandi. Ronald Reygan maxsus xizmatlarning tezkor operatsiyasi sabab omon qoladi. Jinoyatchi esa butun umrga jinnixonaga tashlanadi.
«Tramp – haqiqiy amerikalik»
Internetning ruscha segmantida mashhur bo‘lgan «Stalingulag» kanalida Trampga suiqasd haqida qiziq post paydo bo‘ddi. Unda Tramp saylovni yutishiga shubha qolmaganiga ishora qilingan: «Trampni haqiqiy amerikalik deyish mumkin, uning biografiyasi bunga imkon beradi: puli ko‘p, yengiltak ayollar bilan mojaroga aralashgan, prezident bo‘lgan, impichment olishiga sal qolgan, mana endi suiqasdga uchradi.
Go‘yoki rejissyor Skorseze bizga malla sochli yaramas qahramon haqida hikoya qilib berayotgandek. Axir bu odamlar Amerikaga borishni orzu qilishiga sabab bo‘lgan hayotning o‘zginasi-ku. Uning fonida Bayden ancha zerikarli ko‘rinadi: va’da qildi, ammo bajarmadi, nimanidir aytmoqchi bo‘ldi, lekin adashib ketdi, yiqilib tushdi, o‘rnidan turdi, lekin uxlab qoldi.
Shunday ekan, kuzdagi saylovlarni bo‘lib o‘tgan deb hisoblayversak bo‘ladi. Axir yorqin Hollivud filmlari doim zerikali narsalar ustidan g‘alaba qozongan».
Mavzuga oid
13:17
Tramp Pentagon rahbari o‘rinbosari lavozimiga milliarder Faynberg nomzodini ilgari surdi
10:43
Tramp Putin u bilan Ukraina masalasida uchrashmoqchi ekanini ma’lum qildi
18:07 / 22.12.2024
FT: AQSh Tramp prezidentligining birinchi kunida JSSTdan chiqishini e’lon qilishi mumkin
08:38 / 21.12.2024