«Ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etish rejasi yo‘q» - «O‘zsuvta’minot»
«O‘zsuvta’minot» vakili O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ham ijtimoiy norma yo‘lga qo‘yilishi haqida gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ham suv zaxirasi, ham suvni tejash nuqtayi nazaridan yaqin kelajakda bunday reja yo‘q.
O‘zbekistonda yaqin yillarda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma yo‘lga qo‘yish rejasi yo‘q. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘zsuvta’minot» mas’ullari ma’lum qildi, deya xabar berdi Gazeta.uz.
Tadbirda jurnalistlar tomonidan yaqin kelajakda O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazga joriy etilgani kabi ichimlik suviga nisbatan ham ijtimoiy norma yo‘lga qo‘yilishi haqidagi gap-so‘zlarga izoh so‘raldi.
Qozog‘istonda ichimlik suvi bo‘yicha tabaqalashtirilgan tarif rejasi ishlab chiqilayotgani, O‘zbekiston qo‘shni mamlakatdan namuna olib, suvni tejash maqsadida mazkur tartibni joriy etish yo etmasligi haqida ham savol berildi.
«Ochig‘ini aytaman, bu ma’lumotlar feyk, hech qanday asos yoki hisob-kitobga ega emas. Bizda bunday masala kun tartibida yo‘q. Suv bu — hayotiy ehtiyoj, uni cheklashga yoki qandaydir limit qo‘yishga hozircha hech qanday ehtiyoj yo‘q, bu mening mas’ul shaxs sifatidagi fikrim. Qozog‘istonda bo‘layotgan jarayonlarni biz ham kuzatib turibmiz, ammo buni tabaqalashtirilgan tizim, deyish biroz noto‘g‘ri», — dedi «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tajriba Rossiya va Yevropaning bir qator mamlakatlarida ham bor, ya’ni suv resurslarini sutka davomida talab oshadigan paytda ishlatishga ma’lum bir cheklov qo‘yilgan.
«O‘zbekistonda suv hisoblagichlar bilan ta’minlanganlik darajasi 87 foizni [tashkil etadi]. Agar 100 foizlik ta’minlanganlik darajasiga erishgan taqdirimizda ham suv zaxirasi va suvni tejash nuqtayi nazaridan yaqin kelajakda [ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etish] rejalarimiz yo‘q», — dedi Rahmatullayev.
Mavzuga oid
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
07:32 / 01.11.2024