Raqobat qo‘mitasi «Korzinka»ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Bunga «Korzinka» supermarketlar tarmog‘i tomonidan «eng arzon narx» deb e’lon qilingan mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha narxlar boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi sabab bo‘lgan. Reklamaning bunday ko‘rinishda bo‘lishi xaridorlarni chalg‘itishi mumkin, deb topildi.
«Korzinka» supermarketlar tarmog‘i(«Anglesey Food» MChJ) tomonidan tarqatilayotgan reklama axborotida «Kundalik xaridlarga eng arzon narx», «Eng arzon narx – Korzinka’da», «Eng unumlisiga keling!» degan iste’molchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan jumlalardan foydalanilgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
«Xususan, «eng arzon narx» deb e’lon qilingan mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan huddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatildi. Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin», deyiladi qo‘mita xabarida.
Yuqoridagilardan kelib chiqib «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasi birinchi qismi va «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan «Anglesey Food» MChJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:07 / 18.12.2024
Bir qator nodavlat ta’lim muassasalarida qonunbuzarliklar aniqlandi
17:42 / 16.12.2024
7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi
12:22 / 13.12.2024
Raqobat qo‘mitasi Yandex Go’ni ogohlantirdi
16:39 / 27.11.2024