Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas iste’foga chiqdi
Kaya Kallas Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili lavozimini egallaydi. Uning Estoniya bosh vaziri lavozimidan ketishi avvaldan rejalashtirilgan edi.
Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas 15 iyul, dushanba kuni yangi ish joyiga o‘tishi munosabati bilan iste’foga chiqdi – u Yevropa Ittifoqining tashqi va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili lavozimini egallaydi. U avvalroq Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari lavozimiga nomzod etib ko‘rsatilgan edi.
Kaya Kallas nomzodi hali ham Yevroparlament tomonidan tasdiqlanishi kerak, biroq Yevropa komissiyasining yangi tarkibini tuzadigan koalitsiya kerakli ko‘pchilik ovozga ega, shuning uchun Kallasning Yevropa diplomatiyasi rahbari lavozimiga tayinlanishi aniqdir. Kaya Kallas bilan birgalikda butun Estoniya hukumati iste’foga chiqdi.
Yangi vazirlar mahkamasi tuzilgunga qadar Kallas bosh vazir vazifasini bajaradi. Estoniyada hukmron koalitsiya tarkibi o‘zgarmasligi va Kallas vakili bo‘lgan liberal Islohotlar partiyasi bosh vazirlikka nomzod ko‘rsatishi kutilmoqda. Aftidan, bu Kristen Mixal bo‘ladi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tanqid qilish
Kaya Kallas 2021 yilda Estoniya bosh vaziri lavozimini egallagan. Boshqa Boltiqbo‘yi mamlakatlari yetakchilari singari u Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda keskin tanqid qiladi hamda mudofaa va boshqa sohalarda Ukrainani doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Biroq, o‘tgan yili estoniyalik jurnalistlar Kaya Kallasning eri Arvo Hallik kompaniyasi Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumi boshlanganidan keyin ham Rossiyaga mahsulot yetkazib berishda davom etganini aniqladilar. Kallas erining kompaniyasi faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlab, iste’foga chiqishdan bosh tortdi.
Estoniya xavfsizlik politsiyasi Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimi buzilmagan va Hallik faoliyatiga nisbatan hech qanday qonuniy da’vo yo‘q, degan xulosaga keldi. Hallikning o‘zi kompaniyadagi aksiyalardan xalos bo‘lishini va lavozimidan ketishini va’da qilgan.
Mavzuga oid
20:53 / 16.12.2024
Estoniya ortidan Litva ham Gurjistonga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi
09:33 / 12.12.2024
YeI diplomatiyasi rahbari Tixanovskaya bilan uchrashdi
13:37 / 06.12.2024
Kaya Kallas Maltada Lavrov bilan muloqot qilmaydi
17:31 / 15.11.2024