O‘zbekiston | 10:10 / 18.07.2024
9603
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi psixotrop moddani bojxonachi qo‘lidan tortib olib, yutib yubordi
Holat Mang‘istau viloyatidagi “Tajyen” bojxona postida sodir bo‘lgan.
Qozog‘iston Respublikasi hududida O‘zbekiston fuqarosi bojxona xodimi aniqlagan hamda uning qo‘lida bo‘lgan psixotrop moddani tortib olib, yutib yubordi.
Zakon.kz xabariga ko‘ra, bu holat Mang‘istau viloyatidagi “Tajyen” bojxona postida sodir bo‘lgan.
Qozog‘iston moliyaviy monitoring agentligi xodimlari izolenta bilan o‘ralgan shubhali o‘ramni aniqlagan. Qo‘lga olingan shaxs tintuv chog‘ida uni tortib olgan. U kasalxonaga olib borilib, tomografiyadan o‘tkazildi.
Ekspertiza o‘ramda yirik hajmda - 1,26 gr miqdorida metamfetamin gidroxlorid psixotrop moddasi bo‘lganini ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024