G‘azodagi SSV: Falastin eksklavi oqova suvlarida poliomielit virusi aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘azo sektoridagi minglab odamlar xavfli virusni yuqtirib olishi xavfi borligidan ogohlantirdi.
Poliomielitni keltirib chiqaradigan virus qamal qilingan G‘azo sektorining oqova suvlarida topildi, bu sog‘liqni saqlash sohasidagi haqiqiy falokatning belgisi.
Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) bilan kelishilgan holda oqova suv namunalari tahlili natijalarini o‘z ichiga olgan G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytilgan.
Unda ta’kidlanishicha, poliomielitni keltirib chiqaruvchi virus infratuzilmaning vayron bo‘lishi sababli odamlar yashaydigan joylarda va chodirlar orasida oqayotgan va to‘plangan suvda topilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi blokadadagi Falastin eksklavida minglab odamlar poliomielit bilan kasallanish xavfi borligidan ogohlantirdi.
Bayonotda Isroil hujumlarini zudlik bilan to‘xtatish, toza suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va ko‘chirilganlar yashaydigan hududlarda aholi zichligini kamaytirish talab etiladi.
Mavzuga oid
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
20:40 / 16.11.2024