Jamiyat | 15:44 / 22.07.2024
5165
1 daqiqa o‘qiladi

28,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita gaz zapravka aniqlandi

Sirdaryo tumanida 2 ta AGTKSh 28,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi. 

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabariga ko‘ra, Sirdaryo tumanida joylashgan “M.G.” MChJga qarashli AGTKShda jamiyat mansabdor shaxslari “Avtopilot-Pro” rusumli gazni hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatib 20,5 mlrd so‘mlik (8,2 mln kub metr) tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Bu kabi holat Sirdaryo tumanidagi “S.A.L.” MChJga qarashli AGTKShda o‘rnatilgan hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatishi oqibatida 7,9 mlrd so‘mlik (3 mln kub metr) tabiiy gaz talon-toroj qilingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik), 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga oid