O‘zbekiston | 17:38 / 22.07.2024
5790
2 daqiqa o‘qiladi

#Qonimdagalaba chellenji: minglab o‘zbekistonliklar olimpiyachilarni qo‘llash uchun birlashdi

O‘zbekistonliklar orasida ommalashgan #qonimdagalaba chellenjidagi videolar soni 2000 dan oshdi. Bu videolar jami 10 milliondan ortiq marta ko‘rilgan. Chellenj O‘zbekiston olimpiya jamoasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarining futboldagi mahoratini yoki shunchaki hayotiy voqeani videoga olib, #qonimdagalaba heshtegi bilan Instagram'ga joylamoqda.

Chellenj mualliflariga ko‘ra, #Qonimdagalaba – odamlarni birlashtiribgina qolmay, balki kuchli ijtimoiy harakatni ham yaratdi. O‘zbekistonning turli burchaklaridan va hatto undan tashqaridagi odamlar o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashib, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashdi va birdamlik muhitini yaratishdi. Bu oddiy g‘oya ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini yana bir bor isbotladi.

Ijtimoiy tarmoqlar statistikasidan ko‘rinishicha, chellenj umumiy 10 milliondan ortiq foydalanuvchilarni qamrab oldi, bu – “O‘znet” darajasidagi tashabbus uchun katta ko‘rsatkich. #qonimdagalaba heshtegi bilan 2000 dan ortiq videolar yuklangan va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda.

“#Qonimdagalaba chellendji – ijtimoiy tarmoqlar ijobiy o‘zgarishlar va odamlarni birlashtirish platformasi bo‘lishi mumkinligining yorqin misoli bo‘ldi, – deydi Uzbekistan’s club tashabbuskorlari. – Bunday virtual tashabbuslar nafaqat ko‘ngilocharlik, balki kuchli ijtimoiy aloqalar va qo‘llab-quvvatlash yaratish salohiyatiga ega ekanini ko‘rsatdi”.

Barcha xohlovchilar chellenjda 24 iyulgacha ishtirok etishi mumkin.

Yakunda sportchilar, jamoatchilik faollari, media sohasi vakillaridan iborat hay’at eng yaxshi 10 ta videoni saralab oladi.

Saralangan top-10 videoning har biri uchun 50 mln so‘mdan mukofot puli beriladi.

Shartlar quyidagicha:

  • futbol mavzusida 1 daqiqadan oshmagan video suratga olish;
  • videoni #qonimdagalaba heshtegi bilan Instagram'ga joylash;
  • videolar 24 iyulgacha qabul qilinadi.

Mavzuga oid