Navoiyda “Yashil makon” loyihasiga mas’ul 53 shaxs 180 million so‘m jarimaga tortildi
Viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2023 yil kuzi va 2024 yil bahor mavsumiga biriktirilgan mas’ullardan 53 nafariga jarima belgilandi. Hududlarda ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga e’tibor qilinmagani, sug‘orilmagani va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmagani aniqlangan.
Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazilyapti. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.
O‘tkazilgan o‘rganishda hududlarda 2023 yil kuzi va 2024 yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga e’tibor qilinmagani, sug‘orilmagani va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmagani aniqlangan. Shu sabablar bilan Uchquduq tumanida 10 nafar, Konimex tumanida 7 nafar, Navbahor tumanida 6 nafar, Karmana tumanida 5 nafar, Qiziltepa tumanida 5 nafar, Tomdi tumanida 5 nafar, Xatirchi tumanida 5 nafar, Zarafshon shahrida 4 nafar, Nurota tumanida 3 nafar, Navoiy shahrida 2 nafar, G‘ozg‘on shahrida 1 nafar mas’ul shaxsga jarima belgilangan.
Holat yuzasidan jami 53 nafar mas’ul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, umumiy hisobda 180 mln 200 ming so‘m jarima qo‘llangan.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, respublikaning qolgan viloyatlarida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlar parvarishi yuzasidan o‘rganish ishlari davom etyapti.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
16:26 / 07.12.2024