Iqtisodiyot | 08:42 / 23.07.2024
3891
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda MChJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: kp.ru

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida MChJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B-N.” MChJ rahbari A.I. kreditor “P.” MChJdan 96 430 dollar va 322,9 mln so‘m soliq qarzdorligini to‘lamaslik maqsadida korxonaning umumiy maydoni 14 779 kvadrat metr bo‘lgan noturar binosini o‘g‘li A.I.ning ta’sischiligidagi “R.” MChJga go‘yoki 229,8 mln so‘mga sotgani to‘g‘risida shartnoma rasmiylashtirib, MChJni qasddan bankrotlik holatiga olib kelgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid