Jamiyat | 07:34 / 25.07.2024
1990
2 daqiqa o‘qiladi

Soxta havola yuborib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan 19 yoshli shaxs aniqlandi

Gumonlanuvchi internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Shutterstock

Toshkent shahrida yashovchi 21 yoshli ayol T.B. ichki ishlarga murojaat qilib, bank kartasidan 10 mln 336 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan

Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 19 yoshli A.B. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.B. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid