1,2 mlrd so‘mlik hujjatlarsiz dorilar va tibbiy buyumlar saqlangan omborxonalar aniqlandi
Namangan viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik tegishli hujjatlarsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanayotgan omborxonalar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro N.P. Namangan shahridagi “Lola” hamda “Ozod” MFY hududida joylashgan 2 ta tovarlar saqlash omborini ijaraga olib, ushbu omborxonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,2 mlrd so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
15:25 / 05.12.2024
IJQKD dorilar xaridi qonuniyligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
17:32 / 30.11.2024
Buyuk Britaniyada astma xurujlariga qarshi yangi dori ishlab chiqildi
20:33 / 25.11.2024