Ikkita zapravka salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Andijon viloyatida salkam 9 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita AGTKSh aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatida o‘tkazayotgan nazorat tadbirlarida fosh bo‘lgan.
Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi “J.M.S.” MChJ ga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblagich kamera qismidagi ichki detallarda davlat standartlari talablariga nomuvofiqlik holati aniqlanib, ta’minot korxonasi jami 4 milliard 78 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.
Qorasuv shahrida joylashgan “Sh.G.A.V.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblagichi kamera qismidagi ichki detallar davlat standartlari talablariga nomuvofiqligi, ta’minot korxonasi jami 4 milliard 843 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024