Isroil G‘azo sektoridagi maktab binosiga zarba berdi
HAMAS nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 30 kishi halok bo‘lgan.
Isroil armiyasi (TsAHAL) G‘azo sektoridagi maktab binosiga havo hujumi uyushtirdi, deb xabar berdi BBC.
HAMAS nazoratidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarba oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan, yuzdan ortiq odam jarohatlangan. Yaradorlar va halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ko‘p ekani aytilmoqda. G‘azo fuqarolik mudofaasi ushbu maktabdan ko‘chirilganlar uchun boshpana sifatida foydalanilayotganini aytdi.
TsAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS terrorchilari maktabdan o‘z qo‘mondonlik va nazorat markazi sifatida foydalangan, u yerdan hujumlarni rejalashtirgan va qurol saqlagan. Hujum boshlanishidan oldin, tinch aholiga yetkaziladigan zararni kamaytirish bo‘yicha «ko‘plab chora-tadbirlar», jumladan, havodan kuzatuv va qo‘shimcha razvedka ishlari olib borilgani ta’kidlanmoqda.
Isroilga ko‘ra, HAMAS terrorchilari o‘z qo‘mondonlik markazlarini joylashtirish uchun muntazam ravishda shifoxonalar, maktablar va boshqa fuqarolik binolaridan foydalanadi. Oxirgi haftalarda bunday nishonlarga 50 dan ortiq havo hujumi uyushtirildi.
TsAHAL harbiy amaliyotlar doirasida G‘azoni muntazam bombardimon qilmoqda, uning maqsadi hamaschilarni to‘liq yo‘q qilish va Isroilga hujum paytida terrorchilar tomonidan garovga olinganlarni ozod qilishdir.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiy harakatlari oqibatida 38 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Isroilning mintaqadagi hujumlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni haqida mustaqil hisob-kitoblar mavjud emas. BMT, Qizil Xoch va inson huquqlari bo‘yicha HRW tashkiloti Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarini umuman haqiqatga yaqin deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024