Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
Bugun, 27 iyuldan davlat imtihonidan o‘tgan abituriyentlarga yo‘nalish va OTM tanlashga ruxsat berildi. Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi ma’lum qildi. Tanlov 27 iyuldan 10 avgustgacha 15 kun davom etadi.
Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Tavsiya etamiz
“Pandora qutisi ochildi” - Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Jahon | 22:59 / 13.01.2025
Humo to‘lov tizimi 65 mln dollarga sotildi
Iqtisodiyot | 16:19 / 13.01.2025
Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi
O‘zbekiston | 07:45 / 13.01.2025
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Fan-texnika | 01:35
-
Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 6 kishiga yetdi. Holatga aloqador Turkmaniston fuqarolari qo‘lga olindi
Jahon | 01:00
-
Kaliforniyada yong‘inlar oqibatida ko‘rilgan zarar 275 mlrd dollarga baholanmoqda
Jahon | 00:28
-
Navoiyda 30 gektar yerni sotishga uringan MChJ rahbari ushlandi
Jamiyat | 23:37 / 14.01.2025
Mavzuga oid
16:34 / 20.12.2024
Talabalar uchun qo‘shimcha avtobus hamda poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
18:33 / 28.10.2024
1-kurs talabalariga kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
18:38 / 02.09.2024