O‘zbekiston | 08:59 / 27.07.2024
3548
2 daqiqa o‘qiladi
Operatsiya va reanimatsiya xonalaridagi videoyozuvlarni bir yil saqlash talabi joriy etilmoqda
Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya talablari joriy qilinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan markazning asosiy vazifalari belgilanmoqda:
- tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashni ta’minlash;
- tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqish;
- lisenziatlarning litsenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshirish;
- “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish va boshqalar.
Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya talablari joriy qilinmoqda:
- statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya bo‘limi tashkil etilganda quyidagi xodimlar bo‘lishi lozim:
- ixtisosligi bo‘yicha kamida birinchi malaka toifaga eta bo‘lgan operatsiya qiluvchi xirurg hamda anesteziolog-reanimatolog;
- xirurgiya ixtisosligi bo‘yicha malaka toifaga ega bo‘lgan assistent vrach;
- kamida birinchi malakaviy toifaga ega bo‘lgan anesteziologiya-reanimatologiya hamda operatsiya xonasi hamshirasi;
- operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar o‘rnatilgan bo‘lishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida lisenziatda saqlanishi hamda videoyozuvdagi axborotning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) shifokor sirining himoya qilinishi imkoniyatini yaratish.
Mavzuga oid
15:43 / 12.09.2024
Hindistonda soxta «shifokor» YouTube’dagi videolarga qarab o‘smirni operatsiya qildi. Bola vafot etdi
13:30 / 22.08.2024
Eronda shifokorlar erkakning oshqozonidan 452 ta metall buyumni chiqarib oldi
09:21 / 09.12.2023
Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyani ma’qulladi
08:51 / 25.05.2023