Bir qancha aviakompaniyalar Isroilga parvozlarni bekor qildi
Eron bilan kuchaygan keskinlik tufayli Delta, United Airlines, Lufthansa, Austrian Airlines, Brussels Airlines va Air India Isroilga bo‘lajak barcha reyslarni, FlyDubai esa ba’zilarini bekor qildi.
1 avgust, payshanba kuni Channel 12 va The Times of Israel Isroil OAV xabarlariga ko‘ra, yettita aviakompaniya Eron bilan munosabatlar keskinlashgani sababli Isroilga parvozlarni bekor qildi. Ularga ko‘ra, Delta, United Airlines, Lufthansa, Austrian Airlines, Brussels Airlines va Air India Isroilga bo‘lajak barcha reyslarini bekor qilgan. FlyDubai aviakompaniyasi rejalashtirilgan reyslarining bir qismini olib tashladi, deya xabar berdi jurnalistlar.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportida 70 mingga yaqin yo‘lovchi bor. Ulardan ba’zilari mamlakatdan chiqib ketayotgan so‘nggi samolyotlarga ulgurib qolishga harakat qilmoqda, boshqalari esa Isroilga qayta olmaslikdan qo‘rqib, parvozlarini butunlay bekor qilmoqchi, deb yozadi The Times of Israel.
Lufthansa guruhi Bayrut va Tel-Avivga parvozlarni bekor qildi
Avvalroq Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi xavfsizlik sababli Kiprdan Tel-Avivga qaytish reysini bekor qilgan edi: Myunxendan uchgan A321 layneri rejalashtirilganidek, yangi ekipaj bilan Isroilga uchish uchun Larnaka aeroportiga qo‘ndi. Biroq kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, keyingi reys o‘sha kuni ertalab Eron o‘z havo hududini vaqtincha yopgani uchun bekor qilingan.
Aviakompaniya vakilining aytishicha, xavfsizlik nuqtayi nazaridan Lufthansa yaqin kunlarda Bayrut va Tel-Avivga parvozlarini bekor qilmoqda. Taqiq konsernning barcha aviakompaniyalariga, ham yuk, ham yo‘lovchi samolyotlariga tegishli.
Ma’lumotlarga ko‘ra, reyslarning bekor qilinishi Lufthansa kompaniyalar guruhidagi barcha aviakompaniyalarga ta’sir qilishi mumkin, ularda bosh kompaniyadan tashqari Austrian Airlines, Brussels Airlines, Swiss va Eurowings ham bor. Xabarda aniqlik kiritilishicha, Bayrutga parvozlar 12 avgustgacha, Tel-Avivga parvozlar esa 8 avgustgacha to‘xtatiladi.
Yaqin Sharqdagi keskinlik HAMAS ikki yetakchisi o‘limidan so‘ng kuchaydi
Isroilning ikki muhim muxolifi o‘ldirilishi ortidan Yaqin Sharqdagi keskinlik oshdi. Parvozlarning bekor qilinishi Isroil shu hafta boshida Bayrutda «Hizbulloh» rahbari Fuad Shukr va Tehronda HAMAS rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun Eron va Livanning ehtimoliy o‘ch olishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda yuz berdi. Shuningdek, 1 avgust kuni Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) HAMAS harbiy yetakchisi Muhammad Deyfning o‘lganini tasdiqladi.
Bu voqealardan oldin, 27 iyul kuni «Hizbulloh» Livandan futbol stadioniga raketa hujumi uyushtirgan. Jo‘lan tepaliklaridagi Majdal Shams qishlog‘ida kamida 12 kishi halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
16:05
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjyerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024