Elchixona Isroilda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Jumladan, mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlanish (ushbu hududlar nomi keltirilmagan), Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borish, Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar mobil ilovasini telefonga o‘rnatish tavsiya etilmoqda.
Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yurish kerakligi (favqulodda vaziyatlarda bu tezkor yordam olish imkonini beradi) ta’kidlanmoqda.
Elchixona O‘zbekiston fuqarolariga imkon qadar ommaviy yig‘ilishlar joyini chetlab o‘tish va jamoat joylariga borishni cheklashni tavsiya etgan.
Yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga murojaat etish maslahat berilgan.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024