Eron Haniya o‘ldirilishi ortidan BMT XK va IHT favqulodda yig‘ilishi chaqirilishini e’lon qildi
Biz musulmon davlatlaridan okkupatsion rejimning harakatlariga javoban birdamlikni kutamiz, dedi eronlik rasmiy.
Eron Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirilishi ortidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining (BMT XK) favqulodda yig‘ilishini chaqirdi va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) yig‘ilishini talab qildi.
Tehron Turkiya bilan Falastin masalasida maslahatlashuvlar olib bormoqda, dedi Eron rasmiysi. U Turkiya davlati va xalqiga Falastinni kuchli qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Musulmon davlatlarining birligi va hamjihatligi davlat terrorizmi va Isroilning qotilliklari oldini olishi mumkin, ammo bu birlik va kuch hali kerakli darajada namoyon bo‘lmadi, dedi rasmiy.
Eron vakili mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishga urinishlarga javoban himoyalanish huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.
«Musulmon davlatlari va xalqaro tashkilotlarning Falastin xalqi huquqlarini poymol qilayotgan okkupatsion rejimga qarshi birlashishlarini, ularning huquqlarini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rishlarini kutamiz. Ko‘p sohalarda sanksiyalar joriy etilishini kutamiz», — dedi rasmiy.
Agar Isroilning xatti-harakatlari to‘g‘ri qoralanmasa, Eron BMT Nizomi 51-moddasida ko‘rsatilgan o‘zini-o‘zi himoya qilish huquqidan foydalanadi va tiyib turish choralarini ko‘radi, deya ogohlantirdi u.
Agar xalqaro hamjamiyat Isroilning Damashqdagi Eron elchixonasiga hujumiga kerakli javobni berganida edi, bugun Isroil boshqa davlat hududiga yoki bu davlatning rasmiy mehmoniga hujum qilishga jur’at eta olmasdi, deydi rasmiy.
Tehronda HAMAS yetakchisining o‘ldirilishi
Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eron yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pizishkiyon inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga kelgandi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berishdan o‘zini tiyib turibdi.
Ismoil Haniya 2017 yil 6 may kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Mashal o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
19:15 / 15.12.2024