Jahon | 11:59 / 05.08.2024
4993
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: 150 ming Isroil fuqarosi parvozlar to‘xtatilgani sababli mamlakatga qaytib kela olmayapti

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli 15 xalqaro aviakompaniya Tel-Avivga parvozlarni vaqtincha yoki noma’lum muddatga to‘xtatdi. 

Foto: dpa/picture-alliance/TASS

Isroilning Channel-12 telekanali xabariga ko‘ra, ko‘plab aviakompaniyalar Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatgani uchun 150 mingga yaqin isroillik o‘z yurtiga qaytib kela olmayapti

Isroilga qarshi Eron, Livanning «Hizbulloh» va Falastinning HAMAS harakati tomonidan javob hujumi ehtimoli ko‘plab aviakompaniyalarni Isroilga parvoz qilishni to‘xtatish qaroriga olib keldi. Bundan mamlakat tashqarisidagi Isroil fuqarolari ham aziyat chekdi.

Channel-12 o‘z veb-saytida xabar berishicha, ko‘plab aviakompaniyalar Tel-Avivga parvozlarni bekor qilgan, buning natijasida 150 mingga yaqin isroillik mamlakatga qaytib kela olmayapti.

Kecha KAN Isroil davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, mamlakatga qayta olmagan 4000 ga yaqin isroillik Tel-Avivdagi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilib, ularni Isroilga qaytarishni so‘ragan.

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli 15 ta xalqaro aviakompaniya Tel-Avivga parvozlarni vaqtincha yoki noma’lum muddatga to‘xtatdi. 

Mavzuga oid