Jamiyat | 10:04 / 06.08.2024
5183
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva: “Jadidlar ham, Alash harakati ham xalqni ozod qilishga intilgan”

Prezident yordamchisi Ostonadagi nutqida XX asr boshlaridagi jadidchilik va Alash harakatlarining maqsadi bir bo‘lganini ta’kidladi. “Davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan, jadidlarning yiqilgan bayrog‘ini tiklashga kirishdik. Ular xuddi sizlardagi Alash harakati vakillari kabi taraqqiyparvar yoshlar uchun namunadir”, dedi Mirziyoyeva qozog‘istonliklarga qarata.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 5 avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” Osiyo kubogida so‘zga chiqdi. U O‘zbekiston va Qozog‘iston oldida turgan eng muhim vazifa ta’limni rivojlantirish ekanini ta’kidlab, o‘tgan asr boshidagi jadidchilik va Alash harakatlarini yodga oldi.

“O‘zbekistonda 7 yil avval ham, har yili kuzda maktab va institutlar yopilar edi. O‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar dalaga, paxta terimiga majburiy jalb qilinardi. Butun bir avlod chalasavod bo‘lib qoldi. Biroq biz yuz yillik paxta qulligiga barham berdik. Millionlab o‘quvchilar o‘quv maskanlariga qaytarildi.

XX asr boshlarida jadidlar ham, Alash harakati vakillari ham yagona maqsad sari – xalqni ozod qilish va vatan ravnaqiga intilganlar. Barchalarining orzulari taraqqiy etgan jamiyat bo‘lgan. Nima uchun mintaqamiz rivojlanishda dunyo mamlakatlaridan ortda qolayotganini o‘lkamiz ziyolilari yaxshi anglagan. Lekin ularga o‘ylagan niyatlarini amalga oshirish imkoni berilmadi.

Bir necha avlod almashdi. Mana endi, davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan, jadidlarning yiqilgan bayrog‘ini tiklashga kirishdik. Ular xuddi sizlardagi Alash harakati vakillari kabi taraqqiyparvar yoshlar uchun namunadir. Biz ziyoli ajdodlarimiz g‘oyalarini amalga oshirish, ma’rifat va ta’limni ular orzu qilgan darajaga yetkazish harakatini boshladik”, – dedi Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda