Sport | 19:08 / 07.08.2024
7317
1 daqiqa o‘qiladi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi

Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati g‘olibi, kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida kumush medal sovrindori Sardor Lapasov doping uchun jazolandi.

Foto: uzwf.uz

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Sardor Lapasov antidoping qoidabuzarligini sodir etgani sababli 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (UzNADA) xabar berdi.

Qayd qilinishicha, sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida taqiqlangan «Klenbuterol» moddasi borligi aniqlangan. Ushbu modda Butunjahon antidoping agentligi tomongidan 2024 yilgi taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Endi Lapasov diskvalifikatsiya muddati tugagunga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etolmaydi.

Sardor Lapasov og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati g‘olibi, kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida kumush medal sovrindori hisoblanadi.

UzNADA Lapasovning jazo muddati qachondan boshlangani va uning qaysi sovrinlari bekor qilinganiga aniqlik kiritmagan.

Mavzuga oid