Xitoyning eng boy odami ma’lum bo‘ldi
44 yoshli Kolin Huang Xitoyning eng badavlat odamlari reytingida birinchi, dunyo reytingida 25-o‘ringa ko‘tarildi.
Xitoyning Pinduoduo marketpleysi va uning Temu shu’ba korxonasi asoschisi Kolin (Chjyen) Huang Xitoyning eng boy odami sifatida tan olindi. Buni Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlari tasdiqlamoqda. Uning boyligi 2024 yil 9 avgust holatiga ko‘ra, 48,6 milliard dollarga baholangan.
Bungacha, uch yildan ortiq vaqt davomida Xitoyning eng boy odami maqomi «suv qiroli» Chjung Shanshanga tegishli edi. Tadbirkor Nongfu Spring shishali suvni sotish orqali katta daromad topgan. Hozir u ikkinchi o‘ringa tushdi, uning aktivlari 47,4 milliard dollarga baholanmoqda.
Dunyoning eng boy odamlari reytingida 44 yoshli Huang 25-o‘rinni egallagan. U avval Google korporatsiyasida ishlagan. 2015 yilda Pinduoduo marketpleysiga asos solib, qisqa vaqt ichida uni elektron tijoratdagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biriga aylantirgan.
Bloomberg ta’kidlaganidek, Huang «Kovid milliarderlari» deb ataladigan toifaga kiradi. Uning boyligi global pandemiya boshida ko‘payib, keyin juda tez kamaydi. 2021 yil boshida Huang 71,5 milliard dollar davlatga ega edi, bir yildan so‘ng uning boyligi 87 foizga qisqardi. Ammo boshqa ko‘plab «Kovid milliarderlari»dan farqli o‘laroq, Huang yana ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. 2022 yilda u Xitoydan tashqarida biznes boshlab, Temu bozoriga asos soldi.
Mavzuga oid
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024