Jamiyat | 21:00 / 10.08.2024
5892
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanida 4 egizak tug‘ildi

23 yoshli ayol 3 qiz va 1 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi, ular intensiv davolash muolajalarini olmoqda.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizakli bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, ularning 3 nafari qiz, 1 nafari o‘g‘il.

Qayd qilinishicha, Respublika Perinatal markazida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvafaqqiyatli chiqqan, ona va bolalar holati Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Ta’kidlanishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar intensiv davolash muolajalarini olmoqda.

Mavzuga oid