Iqtisodiyot | 11:25 / 11.08.2024
4054
4 daqiqa o‘qiladi

Asosiy qimmatbaho metallar arzonlashdi, neft qimmatlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Xalqaro geosiyosiy keskinlikning kuchayishiga qaramay hafta davomida oltin, kumush, va mis mos ravishda 11,62 dollar, 1,12 dollar va 0,14 dollarga arzonlashdi. Dollar indeksining tebranishi boshqa valutalarga turli xil ta’sir qildi. Xususan, lira, so‘m va rubl dollarga nisbatan mos ravishda 0,95 foiz, 0,48 foiz va 1,62 foizga qadrsizlandi.

Foto: AP

Joriy haftaning dastlabki savdo sessiyasi deyarli barcha yirik fond bozorlarining qulashi bilan esda qoldi. Bunga avvalgi hafta bo‘lib o‘tgan Federal zaxira tizimining (FZT) yig‘ilishida foiz stavkasi o‘zgarishsiz saqlab qolinishi va hafta so‘ngida mehnat statistikasining prognozlardan yomon chiqishi, shuningdek, Yaqin Sharqda keskinlik yanada avj olishi haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 5 avgustdan 9 avgustgacha bo‘lgan davrda Xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.  

AQSh top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5344 (hafta boshidan -0,04 foiz, yil boshidan +12,04 foiz);
  • NASDAQ – 18513 (hafta boshidan +0,39 foiz, yil boshidan +10,03 foiz);
  • DJI – 39497 (hafta boshidan -0,6 foiz, yil boshidan +4,8 foiz).

AQSh fond indekslari navbatdagi haftani qulash bilan boshlaganlariga qaramay, hafta davomida tiklanishga urindi. Dow Jones va S&P500 indekslari mos ravishda 240 va 3 punkt pasaygan bo‘lsa, NASDAQ indeksi oldingi haftaga nisbatan 72 punkt ko‘tarildi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2430 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -0,48 foiz, yil boshidan +17,84 foiz;
  • Kumush – 27,4 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -3,91 foiz, yil boshidan +15,59 foiz;
  • Alyuminiy – 2266 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan +1,58 foiz, yil boshidan -4,83 foiz:
  • Mis – 4,01 dollar (1 funti) hafta boshidan -3,34 foiz, yil boshidan +2,93 foiz.

Tashqi turli risk va voqealarga qaramay qimmatbaho metallar arzonlashdi. Hafta davomida oltin, kumush,va mis mos ravishda 11,62 dollar, 1,12 dollar va 0,14 dollarga qiymatini yo‘qotdi. Faqatgina alyuminiy 35,2 dollarga qimmatlashdi.

Neft

  • WTI – 77 dollar (hafta boshidan +3,9 foiz, yil boshidan +8 foiz);
  • BRENT – 79,7 dollar (hafta boshidan +3 foiz, yil boshidan +3,45 foiz).

Hafta davimida neftning WTI markasi 2,89 dollarga, BRENT esa 2,32 dollarga qimmatlashdi.

Valutalar

  • USD/EUR: +0,05 foiz (yil boshidan -1,11 foiz);
  • CNY/USD: +0,08 foiz (yil boshidan +0,96 foiz);
  • TRY/USD: +0,95 foiz (yil boshidan +13,61 foiz);
  • UZS/USD: +0,48 foiz (yil boshidan +2,6 foiz);
  • RUB/USD: +1,62 foiz (yil boshidan -2,75 foiz).

Dollar indeksining tebranishi boshqa valutalarga turli xil ta’sir qildi. Hafta savdolarida yevro dollarga nisbatan 0,05 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, yuan, lira, so‘m va rubl mos ravishda 0,05 foiz, 0,95 foiz, 0,48 foiz va 1,62 foizga qadrsizlandi.

Kriptovaluta

  • Bitcoin – 60932 dollar (hafta boshidan +4,49 foiz, yil boshidan +43,68 foiz);
  • Ethereum – 2601 dollar (hafta boshidan -3,34 foiz, yil boshidan +13,95 foiz).

Bitcoin 5 kunlik savdolarda 4,49 foizga ko‘tarildi, Ethereum esa 8,73 foizga pasaydi.

Bozorlar haqida qisqacha

Joriy hafta moliya bozorlarida sodir bo‘lgan voqea uzoq vaqtdan beri olib borilayotgan qattiq monetar siyosatining ta’siridan biri hisoblanib, uni kelgusida davom ettirish haqidagi savolga aniq bo‘lmasa-da, muhim ishorani ko‘rsatib berdi. Dushanba kuni fond indekslar qulashi ortidan bozor ishtirokchilarining sentabr oyida stavka pasayishi haqidagi ishonchi sezilarli darajada ko‘tarildi va ba’zilar FZT navbatdan tashqari majlis chaqirib, zudlik bilan stavka tushirilishi to‘g‘risida gapirishni boshladi. Biroq rasmiylar hech qanday shoshilinch choralar amalga oshirmagan bo‘lsa-da, bozorlar o‘zi tabiiy holda biroz tiklanishga erishdi.

Eslatib o‘tish lozim, moliya bozorlaridagi amaliyotlar risk bilan bog‘liq bo‘lib, har bir ishtirokchiga zarar ham, daromad ham keltirishi mumkin. Shu sabab, savdolarga kirishda barcha risklarga to‘g‘ri baho berishni tavsiya etiladi.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 5 avgustdan 9 avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan

Mavzuga oid