Toshkentdagi ko‘p yillik daraxtlar va bolalar maydonchasi joylashgan hudud sotuvga qo‘yildi
Olmazorning Sebzor dahasiga mansub bu ikki joy tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun onlayn tanlovga joylashtirilgan. Bunda ko‘p yillik daraxtlar bor yer yarim mlrd so‘mga, bolalar maydonchasi esa 1,2 mlrd so‘mga baholangan. Shahar hokimiyati hozircha bu borada izoh bermadi.
Poytaxt hokimiyati va “Tashkent Invest” AJ tomonidan yaqinda e-auksion.uz platformasiga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari joylashtirildi.
110 dan ortiq uchastkalar qatorida yashillikka boy va bolalar maydonchasi mavjud bo‘lgan 3,5 sotixli yerlar ham sotuvga qo‘yilgan. Xususan, Olmazor tumani Yangi Sebzor mahallasida qurilgan 2,5 sotixli bolalar maydonchasi 1 mlrd 219 mln so‘mga, Sebzor mahallasidagi 1 sotixli ko‘p yillik daraxtlarga ega joy esa 512 mln 246 ming so‘mga baholangan.
Platformada ko‘p qavatli uylar ro‘parasida joylashgan bu ikki yer uchastkasi 2 qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi qurishga ixtisoslashgani bildirilgan.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun sotib yuborilayotgan joylar masalasida mahalliy aholining fikri qanchalik o‘rganilgani, lotlarga bu yerlarning qo‘yilish sabablari yuzasidan Kun.uz shahar hokimiyatiga so‘rov jo‘natdi. Hokimiyat matbuot xizmati bu borada rasmiy munosabat tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tasdiqlanmasidan tumanlarda yangilanadigan hududlarning chegarasi belgilab berilgan edi.
O‘zLiDeP partiyasi hokimning bu qarori bo‘yicha shoshmashosharlikka yo‘l qo‘ymaslik kerakligini, renovatsiya xususiy mulk daxlsizligiga raxna solmasligi zarurligini aytgandi.
Mavzuga oid
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024
Poytaxt IIBB Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
23:26 / 18.12.2024