Jamiyat | 12:04 / 13.08.2024
2505
1 daqiqa o‘qiladi

Chimyondagi tog‘da tobi qochib qolgan yigitga yordam ko‘rsatildi

Yigit dengiz sathidan 3100 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi. 

Foto: FVV

Kecha, 12 avgust kuni soat 12:46 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markazi 1050 qisqa raqamiga Bo‘stonliq tumani «Chimyon» MFY hududidagi «Katta chimyon» tog‘ida 1 nafar yigitga zudlik bilan yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, tobi qochib qolgan yigitga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi. 

So‘ng yigitni dengiz sathidan 3100 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirdi. 

FVV xabariga ko‘ra, hozirda uning ahvoli yaxshi.

Mavzuga oid