Jahon | 13:00 / 15.08.2024
17878
1 daqiqa o‘qiladi

Quyoshda yangi chaqnash paydo bo‘ldi, u Quyosh-Yer chizig‘ida joylashgan

Quyoshda, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, X1.1 darajasidagi eng yuqori magnitudali yangi portlash qayd etildi. Bu haqda Quyosh astronomiyasi va geliofizika asboblari laboratoriyasida xabar berildi.

Illyustrativ surat

Laboratoriya ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Quyoshning shimoliy yarimsharida sodir bo‘lgan, bu hozirgi quyosh sikli uchun juda g‘ayrioddiy hodisa, chunki unda shu vaqtgacha deyarli barcha faollik ekvatordan janubda to‘plangan edi.

Portlash markazi, 3784 raqamli nuqta, hozirda aynan Quyosh-Yer chizig‘ida (atigi 2 gradus og‘ish bilan), ya’ni bizga ko‘rinadigan quyosh diskining markazida joylashgan. Ushbu nuqtadagi portlashdan chiqindilar ajralsa, ularning Yerga ta’siri muqarrar”, — deyiladi xabarda.

Quyosh astronomiya laboratoriyasi hozirda Yerdagi geomagnit vaziyat o‘rtacha barqaror ekanligini ta’kidladi. Magnitosfera qatlami 12 avgust kuni sodir bo‘lgan kuchli bo‘rondan deyarli to‘liq tiklangan, biroq quyosh shamolining bosimi hamon ortib boryapti, epizodik buzilishlar qayd etilyapti.

Quyoshdagi faollik tarafdan Yer uchun xavflar kamida 2-3 kun davom etadi.

Mavzuga oid