Sobiq vazir 7 yilga qamalgani ma’lum bo‘ldi
Sobiq Uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri va Nurafshon shahar hokimi lavozimlarida ishlagan Muzaffar Soliyev 7 yilga qamaldi. U davlat mulkini talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 2017 yildan 2021 yilgacha Uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, 2021 yildan 2023 yilgacha Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlagan Muzaffar Soliyevga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Soliyevga nisbatan ish joriy yil 13 mart kuni JIB Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudining hukmiga ko‘ra, sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) «a» va «v» bandlari hamda 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq hokim va vazir 3 yil mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilingan va uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirish belgilangan.
Appelyatsiya instansiyasi shu yil 30 iyuldagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmini o‘zgarishsiz qoldirgan.
Muzaffar Soliyev 2017 yil 5 iyuldan 2021 yil yanvarigacha uy-joy kommunal xizmatlar vaziri lavozimida ishlagan. U Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishdan keyin ishdan olingan edi. U 2023 yil boshida vazir lavozimidagi faoliyati bilan bog‘liq ish yuzasidan tergovga jalb etilgani xabar berilgan edi.
2021 yil 15 yanvarda esa Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlagan. Soliyev, shuningdek, faoliyati davomida mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Mavzuga oid
17:38
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
22:36 / 20.12.2024
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
19:59 / 17.12.2024
Qoraqalpog‘istonda 1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
17:20 / 17.12.2024