Toshkent aeroportida 20 yoshli qiz fohishalik uchun Dubayga olib ketilayotgani aniqlandi
Toshkent viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit o‘zi tengi qiz tanishini katta daromad topishga ishontirib, Dubayga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Toshkent viloyatida 20 yoshli qiz odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi.
Viloyat IIBB xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi yigit A.R. (2004 yilda tug‘ilgan) o‘ziga tanish bo‘lgan 20 yoshli qiz S.T.ni aldab, katta daromad topishga ishontirgani aniqlangan.
A.R. qizni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Yigit qizni jo‘natayotgani uchun Dubay shahrida yashovchi ayoldan 2 ming dollar olgan.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024
Toshkent aeroporti hududidan fuqaroga do‘kon ochishda yordam va’da qilgan shaxs ushlandi
15:44 / 06.12.2024