O‘zbekiston | 10:20 / 17.08.2024
1371
2 daqiqa o‘qiladi

Kasaba uyushmalari tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi soddalashtirildi

Soliq kodeksiga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga STIR berish to‘g‘risida qo‘shimcha kiritilmoqda.

Prezident "Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, amaliyotda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun bank hisobraqamlarini ochishda muammolar mavjud, chunki buning uchun STIR olish talab etiladi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga STIR berish to‘g‘risida qo‘shimcha kiritilmoqda.

Bundan tashqari, "Kasaba uyushmalari to‘g‘risida"gi qonunga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini adliya organlarida hisobga qo‘yish imkoniyatini nazarda tutuvchi va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilashni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Mavzuga oid