Jahon | 18:58 / 17.08.2024
6307
1 daqiqa o‘qiladi

Ostona aeroporti samolyotning favqulodda qo‘nishidan keyin yopildi

Ekipaj xatosi tufayli samolyot yo‘lakdan chiqib ketgan.

Foto: Ostona aeroporti axborot xizmati

Shveytsariya aviakompaniyasi samolyoti favqulodda qo‘nib, yo‘lakdan chiqib ketganidan so‘ng, Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri aeroporti parvozlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 17 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Tokiodan Tsyurixga uchayotgan Boeing 777-300ER samolyoti Ostona aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Bunga 50 yoshli yo‘lovchida insult alomatlari aniqlangani sabab bo‘lgan. Qo‘nish chog‘ida samolyot yo‘lakdan sirpanib chiqib ketgan.

«Samolyot soat 16:00 da muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng, burilish chog‘ida ekipaj xatosi tufayli sirg‘alib, yo‘lakdan chiqib ketgan», deyiladi xabarda.

Hodisada jabrlanganlar borligi haqida xabar berilmadi. Samolyotning keyingi taqdiri ma’lum emas.

Ostona aeroporti ikki soatga barcha reyslar uchun vaqtincha yopilgan. Oqibatda bir qancha muntazam reyslar kechiktirilgan.

Mavzuga oid