Jamiyat | 14:11 / 18.08.2024
3492
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda pul evaziga qarzdorlikni yopib bermoqchi bo‘lgan tuman gaz idorasi xodimi ushlandi

U 14 mln so‘mlik qarzdorlikni yo‘qotib berish uchun fuqarodan 7 mln so‘m olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida pul evaziga qazdorlikni yopib bermoqchi bo‘lgan tuman gaz idorasi xodimi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 6 avgust kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati, Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan Past Darg‘om tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda tuman gaz idorasi xodimi tumanning Kamolot mahallasida yashovchi fuqarodan tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan xonadonning 14 mln so‘mlik qarzini pul evaziga yo‘qotib, gaz tarmog‘iga qayta ulab berishni va’da qilib 7 mln so‘m olayotganda  qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid